Amerikaning Fox 5 San Diego telekanali o‘z yangiliklar syujetida tasodifan AQSh prezidenti Barak Obamaning fotosuratini ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Foto: youtube.com

Foto: youtube.com

13-fevral, juma kuni boshlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda bir qizning zo‘rlangani haqida xabar berdi. Gap bunda gumon qilinayotgan yagona shaxs haqida borganida kadrda Obamaning surati va “Hech qanday ayblov qo‘yilmadi” yozuvi paydo bo‘ldi.

Yangiliklar muharriri Mayk Ville o‘z xodimlarining xatolikka yo‘l qo‘yganini tan oldi. “Buni ataylabdan qilishmagan”, — dedi u.

Villening ta’kidlashicha, yangiliklar vaqtida ham, undan keyin ham telestudiyaga hech kim shikoyat bilan murojaat qilmagan.