Ozarbayjon poytaxti Boku shahrining Nizomiy tumanida 29 yoshli ayol balkonda kir yoyish vaqtida ehtiyotsizlik qilib, beshinchi qavatdan yiqilib tushdi, deb xabar bermoqda “1news.az”.

Foto: day.az

Foto: day.az

Nizomiy tumani politsiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol shifoxonaga olib borilgan, uning ahvoli og‘ir deb baholangan. Hozirda ushbu holatga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol balkonda sirpanib yiqilgan, eri uning qo‘lidan ushlab qolishga harakat qilgan. Afsuski buning imkoni bo‘lmagan, ayol uning qo‘lidan chiqib yerga qulagan. U asfaltga emas, balki yerga tushgani uchun tirik qolgani taxmin qilinmoqda.