Yevrohudud moliya vazirlari kengashining Gretsiyaga bag‘ishlangan majlisi yakunlandi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Unda Afina ushbu organ bilan kelishib olishga harakat qildi.

Foto: polit.ru

Foto: polit.ru

Gretsiya hukumati Yevroguruh bayonoti loyihasini qabul qilmadi. Hujjat moliya vazirlari o‘rtasidagi muzokaralardan oldin tayyorlab qo‘yilgan edi.

Bayonot loyihasida mamlakatning islohotlarga nisbatan bir tomonlama harakatlardan tiyilishi, “byudjetning zarur birlamchi profitsiti”ni ta’minlashi, joriy yordam dasturini yana olti oyga uzaytirishni so‘rashi va ushbu vaqtni keyingi bitimni kelishib olishga sarflashi aytilgan edi. Shuningdek loyihada ta’kidlanganidek, Xalqaro valyuta fondi Afinaga ko‘mak berishda rol o‘ynashda davom etadi.