2014-yil yakunlariga ko‘ra, Shimoliy Amerikadagi slanets va boshqa konlarni hisobga olmaganda, dunyoda neft va gazni qidirib topish hajmi 20 yil ichida eng past daraja — 16 milliard barrel neft ekvivalentiga tushib qoldi. Bu haqda IHS tadqiqotlariga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Unda aytilishicha, ushbu ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi yil tushib bormoqda, va bunday davomiy tendensiya 1950-yillarda kuzatilgan.

IHS tahlilchisi Piter Jekson ta’kidlashicha, yangi konlar soni va ularning zaxiralari hajmi xavotirli sur’atlarda qisqarmoqda, bunga ulardan foydalanish ular ochilganidan bir necha yil o‘tgach, boshlanishi sabab bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yilda dunyoda qidirib topilgan konlar soni 1 foizga kamaygan, o‘tgan yili esa zaxirasi 500 million barreldan ortiq bo‘lgan bironta ham yirik kon topilmagan.