Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon suhbati davomida Minsk kelishuvlarini amalga oshirishni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

Xususan, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi, nizo tomonlarining og‘ir qurol-yarog‘larni olib ketishi, shuningdek Debalsevo shahridagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

“Normand to‘rtligi” davlatlari yetakchilari, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti monitoring missiyasining roli bo‘yicha fikr almashdi va Minsk kelishuvlarini amalga oshirish maqsadida muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.