Xo‘jayinlari tomonidan “mama” (ona) so‘zini ayta olishga o‘rgatilgan it tushirilgan videolavha internetda ommalashib bormoqda, deb xabar berdi “Rossiyskay gazeta”.

It “mama” so‘zini tasodifan aytmayotganiga u xo‘jayinidan shirinlik olish evaziga bu so‘zni bir necha marta takrorlagani isbot bo‘lishi aytilgan. Itga buyruqlar rus tilida berilgani tufayli u Rossiyada yashashi taxmin qilingan.

12-fevral kuni YouTube videoxostingiga joylashtirilgan lavha 250 ming martadan ko‘p ko‘rilgan va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan.