2015-yilning 14-fevralida Toshkent viloyati “Chimyon” sog‘lomlashtirish markazi (Dor yo‘li)da birinchi marta Red Bull ChimRun chang‘ichi va snoubordchilar yalpi poygasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tajribasi va yoshidan qat’i nazar barcha uchun o‘tkazilgan poygada 200 ga yaqin chang‘ichi va snoubordchi qatnashgan. Sport direktori Denis Grigoryevning ko‘rsatmasi bilan soat 13:00 da chang‘ichilar poygani boshladi, 15 daqiqadan keyin esa ulardan uch baravar ko‘p bo‘lgan snoubordchilar start oldi. Bir necha daqiqadayoq g‘oliblar marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Chang‘i tezlik bobida snouborddan ustunligi yana bir bor isbotlandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda chang‘ichi Aleksandr Karabanov va snoubordchi Erlan Xudayberdanov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida esa chang‘ichi Kseniya Trebisovskaya va snouborchi Anna Vishnevskaya birinchi o‘rinni egalladi.