Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonda ikkita yangi professional ta’lim markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Li Uk Xyon KOICA yordamida tashkil etilgan Toshkent professional ta’lim markaziga tashrifi davomida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Foto: trend.az

Foto: trend.az

2013−2016-yillarda Samarqandda amalga oshirilayotgan loyihaning qiymati 6,4 million dollar bo‘lishi aytilgan. Xuddi shunday markaz Shahrisabzda 2014−2017-yillarda qurilishi uchun 8,5 million dollar ajratilgan.

Qayd etilishicha, 2007−2012-yillarda Toshkentning Sirg‘ali tumanida 4 million dollar evaziga shunday markaz qurilgan bo‘lib, 2012-yil iyulidan beri bu yerda 1230 kishi ta’lim olgan. Markazda mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fakultetlari faoliyat ko‘rsatmoqda.