2015-yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Filippin Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) Eduardo Martin R. Menezni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.

Filippin elchisi. Foto: mfa.uz

Filippin elchisi. Foto: mfa.uz

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Filippin muloqotini rivojlantirish masalalari hamda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Muloqot chog‘ida o‘zaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish va unga serqirra tus berishdan ikki davlat ham manfaatdorligi ta’kidlab o‘tildi.

Tomonlar BMT va uning tizilmalari doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishni tasdiqladi. Uchrashuvda alohida e’tibor savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarga qaratildi. Mazkur sohalardagi hamkorlikni kengaytirish uchun O‘zbekiston va Filippin real salohiyatga egaligi qayd etildi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.