O‘zbekistonda maishiy elektr uskunalarga energiya sarfi ko‘rsatkichlari bo‘yicha majburiy energetik markirovka qo‘yish va sertifikatlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ochiq muhokama uchun Davlat xizmatlari yagona interaktiv portaliga joylandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Bunday asbob-uskunalar ro‘yxatiga sovitgichlar, muzlatkichlar, maishiy kir yuvish mashinalari, havoni konditsiyalovchi uskunalar, maishiy statsionar elektr plitalari, elektr duxovkalar, idish yuvuvchi mashinalar, mikroto‘lqinli pechlar, televizorlar, elektr suv isitgichlar, elektr isitish uskunalari va lampalar kiradi.

Jahon amaliyotiga muvofiq, maishiy elektr uskunalarning energetik samaradorlik sinflarini ko‘rsatish uchun “A”, “B”, “C”, “D”, “E”, “F”, “G” dan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, “G” energetik samaradorlik sinfidagi maishiy texnikalarni keltirish va sotishni 2018-yil 1-yanvardan, “F” sinfidagilarini — 2019-yil 1-yanvardan, “E” sinfidagilarini — 2020-yil 1-yanvardan taqiqlash nazarda tutilgan.