Samarqand viloyatining Urgut tumanida O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy ravishda kirishga uringan ikki nafar noma’lum shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV Matbuot xizmati.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Tekshiruv vaqtida ular Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatida yashashi aniqlandi.

Ularning oldida bo‘lgan sumkada 30 kilogrammga yaqin “opiy” narkotik moddasi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.