Ford Motor Company MWC 2015 anjumanida aqlli elektr velosipedlar prototiplarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. MoDe:Me va MoDe:Pro deb nomlanuvchi ushbu modellar Ford xodimlari tomonidan yaratilgan 100 ta velosiped loyihalari orasidan tanlab olingan.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Har ikkala model ham 200 Vatt quvvatiga ega elektr dvigatel va 9 A/s sig‘imiga ega batareyada ishlaydi. Dvigatel velosipedchiga pedallarni aylantirib, tezlikni soatiga 25 kilometrgacha yetkazish imkonini beradi.

MoDe:Me shaharda yurishga mo‘ljallangan abjir velosiped bo‘lib, unda har kuni ishga qatnash uchun qulayliklar mavjud.

MoDe:Pro esa tijorat maqsadlarida foydalanishga moslashtirilgan: ushbu elektrobayk kuryerlar va pitssa yetkazib beruvchilar uchun skuter yoki avtomobillar o‘rnini bosishi mumkin.