Jenevadagi avtosalonda Yevropaning “Yil avtomobili” tanlovi natijalari e’lon qilindi, deb yozadi “Motor.ru”. G‘olib sakkizinchi avlod Volkswagen Passat bo‘ldi, Citroen C4 Cactus undan 92 ball kam jamg‘arib, ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Volkswagen Passat. Foto: motor.ru

Volkswagen Passat. Foto: motor.ru

Keyingi o‘rinlarni Mercedes C-Class (3-o‘rin, 221-ball), Ford Mondeo (4-o‘rin, 203 ball), Nissan Qashqai ( 5-o‘rin, 160 ball), BMW 2-Series Active Tourer (6-o‘rin, 154 ball) va Renault Twingo (7-o‘rin, 124 ball) band etdi. Modellarni 22 davlatning 58 ta avtomobil jurnalistlaridan iborat hakamlar hay’ati tanladi.