Xitoyning Sian shahrida yashovchi rassom Day Yun qizil g‘ishtdan asl kattalikdagi Mercedes-Benz avtomobilini yasadi, uni haqiqiysidan ajratish qiyin, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Yun g‘isht, sement va po‘lat yordamida qimmatbaho avtomobilning nafaqat tashqi detallarini, balki mashina saloni — uzatish qutisi, pedallari, ruli va o‘tirg‘ichlarini ham mohirona yasadi.

Haykalning yagona kamchiligi uning harakatlana olmasligidir. Biroq rassom qachondir tosh avtomobil ichiga haqiqiy dvigatel o‘rnatishini istisno qilmayapti.