O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar diqqatiga o‘tgan yilda olgan jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani joriy yilning 1-aprelidan kechiktirmay topshirishlari lozimligini eslatib o‘tadi.

Foto: scottfillmer.me

Foto: scottfillmer.me

Agar Siz o‘tgan yilda:

  • mulk huquqi asosida o‘zingizga tegishli noturar joylarni, qimmatli qog‘ozlarni hamda turar joylarni 12 oy ichida bir martadan ortiq sotishdan;
  • mol-mulkingizni (avtotransport, dala hovli, uy-joy va boshqa bino, inshoot) ijaraga berishdan;
  • mualliflik faoliyatingizdan;
  • asosiy bo‘lmagan ish joyingizdan moddiy naf tarzida va o‘rindoshlik asosida;
  • chet eldagi faoliyatingizdan;
  • daromad solig‘i ushlab qolinmagan boshqa manbalardan daromad olgan bo‘lsangiz, doimiy yashash joyingizdagi davlat soliq inspeksiyasiga joriy yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishingiz lozim.

Jismoniy shaxslardan deklaratsiyalarni qabul qilish davrida davlat soliq xizmati organlarining ish vaqtlari uzaytirilib, haftaning dam olish kunlarida ham mas’ul xodimlar xizmat ko‘rsatishi tashkil etilgan.

Har bir davlat soliq inspeksiyasida deklaratsiyalarni to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha ochiq eshik kunlari va seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, malakali maslahatlar berib boriladi. Deklaratsiya blankalari bepul tarqatiladi.

Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zlari uchun qulay bo‘lgan joyda va kunning istalgan vaqtida elektron shaklda topshirishlari mumkin.

Buning uchun Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy “Soliq.uz” saytining “Jismoniy shaxslar uchun” bo‘limidagi “Elektron soliq deklaratsiyalari” interaktiv xizmatiga elektron raqamli imzo orqali kirish va belgilangan deklaratsiya shakli to‘ldirilib jo‘natish tugmasini bosish kifoya.