Toshkent metrosining Oybek bekatida noodatiy ijtimoiy reklama ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “12news.uz”. Tunnel devorlarida proyektorlar orqali videoroliklar namoyish etilmoqda.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

Rolikda O‘zbekiston tarixiy yodgorliklari, yulduzli osmoni, shuningdek tabiati aks etadi. Yaqin orada, proyektorlar barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgach, reklama roliklari ham shunday usulda namoyish etilishi mumkin.

Hozircha translyatsiya faqat bitta bekatda olib borilmoqda, biroq bir necha oydan so‘ng proyektorlar metroning boshqa bekatlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.