Bugun, 6-mart kuni O‘FF va PFLning yil yakunlari va yangi mavsum boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.

Foto: champioant.asia

Foto: champioant.asia

“Fair Play” sovrini o‘tgan yil Toshkentning “Lokomotiv” klubiga nasib etgandi. “Bunyodkor” klubi uch marta, “So‘g‘diyona” va “Olmaliq” bir martadan ushbu sovringa ega chiqqandi.

2014-yil O‘FF “Fair Play” sovrinini “Olmaliq” klubiga topshiridi. Sababi Igor Shkvirin shogirdlari 2014-yil oliy ligada umuman qizil kartochka olishgani yo‘q. “Olmaliq” bu borada o‘tgan yil yagona klub bo‘ldi.

“Fair Play”

  • 2008 – “Bunyodkor” (Toshkent)
  • 2009 – “Bunyodkor” (Toshkent)
  • 2010 – “Bunyodkor” (Toshkent)
  • 2011 – “So‘g‘diyona” (Jizzax)
  • 2012 – “Olmaliq” (Olmaliq)
  • 2013 – “Lokomotiv” (Toshkent)
  • 2014 – “Olmaliq” (Olmaliq)

2007-yildan buyon O‘FF eng yaxshi bolalar-o‘smirlar murabbiyini aniqlab kelmoqda. Dastlabki sovrindor Robert Gay bo‘lgandi. Keyingi yil Aleksandr Lyan ushbu mukofotni qo‘lga kirtgan. 2009−2011-yillarda, ketma-ket uch yil davomida Aleksey Yevstafeyev eng yaxshi bolalar-o‘smirlar murabbiyi deb topildi. Oxirgi ikki yil ushbu sovrin O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sobiq ustozi Dilshod Nuraliyevga nasib qilgandi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo‘jayev 2014-yilning eng yaxshi bolalar-o‘smirlar murabbiyi deb topildi.

“Eng yaxshi bolalar-o‘smirlar murabbiyi” 

  • 2007 – Robert Gay
  • 2008 – Aleksandr Lyan
  • 2009 – Aleksey Yevstafeyev
  • 2010 – Aleksey Yevstafeyev
  • 2011 – Aleksey Yevstafeyev
  • 2012 – Dilshod Nuraliyev
  • 2013 – Dilshod Nuraliyev
  • 2014 – Temur Olimxo‘jayev

2007-yilda eng yaxshi yosh futbolchi nominatsiyasi ham ta’sis etilgan. Uning ilk sohibi Abdumutallib Abdullayev bo‘lgandi. Keyingi yil “Mash’al” futbolchisi Shaxzod Shaymanov ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandi. 2009-yil Temur Hakimov Osiyo chempionati saralashidagi o‘yinlari tufayli, 2010-yil Abbos Maxstaliyev Osiyo chempionati final bosqichidagi o‘yinlari sababli bu mukofotga sazovor bo‘lishgan. 2011-yili O‘FF birdaniga 3 nafar yosh futbolchiga bu sovrinni topshirdi. Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etganlardan Davlatbek Yorbekov, Temur Hakimov va Bobur Davlatov eng yaxshi yosh futbolchi deb topilishdi. 2012-yil Jamshid Boltaboyev va Otabek Shukurov, 2013-yilda Jamshid Boltaboyev, Izzatilla Abdullayev va Akobir To‘rayev eng yaxshi yosh o‘yinchi deb tan olingandi.

2014-yil bu nomga o‘smirlar terma jamoamiz a’zosi Islom Kenjaboyev sazovor bo‘ldi.

“Eng yaxshi yosh futbolchi”

  • 2007 – Abdumutallib Abdullayev
  • 2008 – Shaxzod Shaymanov
  • 2009 – Temur hakimov
  • 2010 – Abbos Maxstaliyev
  • 2011 – Davlatbek Yorbekov, Temur Hakimov va Bobur Davlatov
  • 2012 – Jamshid Boltaboyev va Otabek Shukurov
  • 2013 – Jamshid Boltaboyev, Izzatilla Abdullayev va Akobir To‘rayev
  • 2014 - Islom Kenjaboyev

O‘zbekistonning eng yaxshi hakami nominatsiyasida ketma-ket 10 marta Ravshan Ermatov g‘olib deb topildi.

“Eng yaxshi hakam”

  • 2006 – Ravshan Ermatov
  • 2007 – Ravshan Ermatov
  • 2008 – Ravshan Ermatov
  • 2009 – Ravshan Ermatov
  • 2010 – Ravshan Ermatov
  • 2011 – Ravshan Ermatov
  • 2012 – Ravshan Ermatov
  • 2013 – Ravshan Ermatov
  • 2014 – Ravshan Ermatov

Qarshining “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan o‘tgan yili oliy ligada 26 ta o‘yinda 18 ta gol urib yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, bungacha hech bir futbolchi “Nasaf” safida o‘ynab to‘purar bo‘lmagan.

Yilning eng yaxshi murabbiyi deb “Paxtakor”ni O‘zbekiston chempioni qilgan Samvel Babayan tan olindi.

“Eng yaxshi murabbiy”

  • 1996 – Viktor Jalilov (“Navbahor”)
  • 1997 – Rustam Mirsodiqov (“Do‘stlik”)
  • 1998 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
  • 1999 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
  • 2000 – Bahrom Hakimov (“Nasaf”)
  • 2001 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
  • 2002 – Viktor Jalilov (“Paxtakor”)
  • 2003 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
  • 2004 –Tachmurad Agamurodov (“Paxtakor”)
  • 2005 – Viktor Jalilov (“Mash’al”)
  • 2006 – Yuriy Sarkisyan (“Neftchi”)
  • 2007 – Rauf Inileyev  (O‘zbekiston milliy terma jamoasi)
  • 2008 – Ahmad Ubaydullayev (O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi)
  • 2009 – Igor Shkvirin (“Olmaliq”)
  • 2010 – Aleksey Yevstafeyev (O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi)
  • 2011 – Vadim Abramov (O‘zbekiston milliy terma jamoasi)
  • 2012 – Mirjalol Qosimov (O‘zbekiston milliy terma jamoasi/“Bunyodkor”)
  • 2013 – Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”)
  • 2014 - Samvel Babayan (“Paxtakor”)

Yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida O‘zbekiston terma jamoasi va “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov g‘olib bo‘ldi. U uchinchi bor mamlakatimizda tengsiz bo‘ldi.

“Eng yaxshi futbolchi”

  • 1992 – Valeriy Kechinov (“Paxtakor”)
  • 1993 – Mirjalol Qosimov (“Paxtakor”)
  • 1994 – Igor Shkvirin (“Makkabi” Isroil)
  • 1995 – Oleg Shatskix (“Politotdel”/“Navbahor”)
  • 1996 – Pavel Bugalo (“Paxtakor”)
  • 1997 – Pavel Bugalo (“Paxtakor”)
  • 1998 – Mirjalol Qosimov (“Paxtakor”)
  • 1999 – Andrey Akopyans (“Paxtakor”)
  • 2000 – Ja’far Irismetov (“Do‘stlik”)
  • 2001 – Mirjalol Qosimov (“Krilya Sovetov” Rossiya)
  • 2002 – Aleksandr Geynrix (“Paxtakor”)
  • 2003 – Maksim Shatskix (“Dinamo” Ukraina)
  • 2004 – Mirjalol Qosimov (“Alaniya” Rossiya)
  • 2005 – Maksim Shatskix (“Dinamo” Ukraina)
  • 2006 – Maksim Shatskix (“Dinamo” Ukraina)
  • 2007 – Maksim Shatskix (“Dinamo” Ukraina)
  • 2008 – Server Jeparov  (“Bunyodkor”)
  • 2009 – Odil Ahmedov (“Paxtakor”)
  • 2010 – Server Jeparov (“Seul” J.Koreya)
  • 2011 – Odil Ahmedov (“Anji” Rossiya)
  • 2012 – Sanjar Tursunov (“Alaniya” Rossiya)
  • 2013 – Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Rossiya)
  • 2014 – Odil Ahmedov ("Krasnodar” Rossiya)