Qozog‘istonda yangi mavsum boshlanishi arafasida “Ordabasi” klubi jamoa “zayavka”sini, ya’ni 2015 yilgi futbol mavsumida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini rasmiy ravishda topshirdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Shuningdek, yangi futbolchilar ham keng ommaga rasman tanishtirildi. Yaqindagina “Ordabasi” bilan shartnoma imzolagan “Lokomotiv”ning sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix yangi klubida 50-raqam ostida harakat qiladi.

Ma’lumki, Geynrix aynan shu raqamli futbolkada “Aktobe” tarkibida ham o‘ynagan edi.