Uch fuqaro o‘zaro til biriktirib, valyutafurushlik ortidan boylik orttirishni maqsad qilgan edi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.

Foto: galleryhip.com

Foto: galleryhip.com

Ular bir ayolga Zangiota tumanida joylashgan “Bek Baraka” savdo majmuasi hududida 17 ming 400 AQSh dollarini 43 million 512 ming so‘mga sotayotgan vaqtida departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Sud qonunbuzarlarga nisbatan o‘zining odilona hukmini o‘qidi, deyiladi manbada.