O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov agar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016-yilgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Ashurmatov, Akromov va Tolibjonov iste’foga chiqarilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

O‘FF Prezidenti Mirabror Usmonov. Foto: stadion.uz

O‘FF Prezidenti Mirabror Usmonov. Foto: stadion.uz

Yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimida jurnalist Xayrulla Xoliqov Mirabror Usmonovga savol berdi:

− Baxtiyor Ashurmatov ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi, ham “Navbahor" klubida ishlashi bir murabbiylik og‘irlik qilmaydimi?

− Biz kuni kecha barcha terma jamoalarimizning murabbiylar shtabini tashkil qildik. Agar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio−2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritmasa, nafaqat Baxtiyor Ashurmatov, balki Terma jamoalar markazining hammasi ishdan ketadi! Professor Rustam Akromov, Asqar Tolibjonov − hammasi ishdan ketadi. Shunchaki Ashurmatovni “Navbahor” ajratib olishga ko‘nglim bo‘lmayapti. Klubga jabr bo‘lishini istamayapman, − deydi Usmonov.