O‘FF anjumanlar zalida 2014-yilning eng yaxshilarini aniqlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

Foto: stadion.uz

Foto: stadion.uz

Tadbirni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Sardor Rahmatullayev so‘z navbatini O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonovga berdi.

“So‘nggi yillarda yurtimizda hukumat tomonidan futbolga katta ahamiyat qaratilmoqda”, − deya gap boshladi Mirabror Usmonov.

“Bu e’tiborning natijasi o‘laroq 12 ta yangi stadion, 12 ta bolalar futbol maktablari, akademiyalar qurib bitkazildi. Asosiy yutug‘imiz − yurtimizning har bir burchagida bolalar uchun futbol maydonchalari yaratildi va futbol ommalashib bormoqda.

Shuningdek, 14 ta hududiy futbol federatsiyasiyalari tashkil etildi. Ular biz kutgan natijani beryapti. Ularning ishini yanada yaxshilash ustida ish olib bormoqdamz.

Xabaringiz bor, yaqinda Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasi tashkil etildi. Bu konfederatsiya aynan O‘zbekistonda bo‘ladi”, − deydi Mirabror Zufarovich.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti o‘z chiqishida milliy futbolimizning og‘riqli nuqtasi bo‘lgan kelishilgan o‘yinlar borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashyapmiz. Tan olish kerak, bunday o‘yinlar bizda bor. Kelishilgan o‘yinlarga aloqador bo‘lganlar futboldan butkul chetlatiladi”, − deydi federatsiya prezidenti.