O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob-muzeyning navbatdagi ko‘rgazmasiga Sharq san’atining turli sohalariga bag‘ishlangan tarixiy kitoblar qo‘yildi. Bu haqda kutubxonaning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: natlib.uz

Foto: natlib.uz

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan manbalar XIX asr boshi va XX asr o‘rtasi nashr sanasi bilan qayd etilgan. Ko‘rgazma asosan kitob va albomlardan tashkil topgan. Ekspozitsiya Sharq amaliy san’ati, badiiy hunarmandchilik, tasviriy san’at va san’atning boshqa turlariga bag‘ishlangan.

Muzeyda qiziqarli kitob va albomlar bilan birga mashhur fransuz olimlari Emil Priss d'Avenn, Alber Gaye, Zigfrid Bing, Lui-Matyo Langle, Genri-Rene de-Alleman; nemis olimlari Fridrix Sarre, Geynrix Dolmech, Ernst Kon-Viner, Yakob Taube, Karl Vyorman, Ernst Kyunel; rus olimlari Tyulyayev Semen Ivanovich, Gogel Fedor Vladimirovich, Bobrinskiy Aleksey Alekseyevich, Denike Boris Petrovich va boshqalarning asarlari alohida o‘rin olgan.

Ko‘rgazma joriy yilning 1-martidan 31-mart kuniga qadar davom etadi.