Bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 2014-yilning eng yaxshilarini taqdirlamoqda, deb xabar berdi “Championat.asia”.

Samvel Babayan. Foto: pakhtakor.uz

Samvel Babayan. Foto: pakhtakor.uz

Jurnalistlar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovnomada boshqalardan ko‘ra ko‘proq ovoz olgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘tgan yil O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Babayan boshchiligidagi “Paxtakor” O‘zbekiston chempioni bo‘lgandi.