O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin tarzda faoliyat yurituvchi huquqbuzarning qilmishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

Toshkent. Foto: Flickr / Markus

Toshkent. Foto: Flickr / Markus

Huquqbuzar sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz spirtli ichimliklarni noma’lum kimsalardan sotib olib, foyda ko‘rishni maqsad qilgan. Uning faoliyatiga 6 million so‘mlik sifatsiz mahsulotni qayta muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida chek qo‘yildi.

Alkogolli mahsulotlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilganda iste’molchilarning sog‘ligi uchun zararli ekanligi ayon bo‘ldi.