AQSh prezidentining qarorgohi – Oq uy yaqinida joylashgan esdalik sovg‘alar do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda prezidentlar xavfsizligi uchun javobgar Maxfiy xizmat vakili Brayan Liri ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.

Foto: AP

Foto: AP

Lirining qo‘shimcha qilishicha, Maxfiy xizmat xodimlari Oq uy yaqinida to‘xtab turgan avtomobilni ham tintimoqda. Bu mashinaga sapyor it yuborilgan.

Yong‘in va avtomobil tintuvi orasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi haqida ma’lum qilinmagan.