Italiyaning mashhur Dolce&Gabbana modalar uyi bahor-yoz mavsumi uchun mo‘ljallangan to‘plami reklamasida suratga tushish uchun taniqli modellar Byanka Balti, Vittoriya Cheretti, Blanka Padilya hamda asli o‘zbekistonlik Irina Sharipovani taklif qildi, deya xabar bermoqda “Sntat.ru”.

Foto: sntat.ru

Foto: sntat.ru

Irina o‘tgan yilning 2-dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Victoria’s Secret brendining shou dasturida ham ishtirok etgan edi.

Irina Sharipova 1992-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 7 yoshida onasi bilan Tataristonga ko‘chib ketgan va Qozon Davlat texnologiya universitetiga o‘qishga kirgan. 2010-yilda Irina “Tatariston go‘zali”ga aylanib, “Rossiya go‘zali” tanlovida 2-o‘rinni egallagan. “Dunyo go‘zali”da Rossiya nomidan ishtirok etgach, uni turli modalar uylari ishga taklif qila boshlagan.

Ayni paytda Irina Nyu-Yorkda yashab, Woman Model Management model agentligi bilan ishlamoqda.