Malayziyaning yo‘qolgan “Boing”i ataylab yo‘nalishdan chetga og‘dirilgan yoki olib qochib ketilgan, deb hisoblaydi avvalroq Aviatsiya hodisalarini tergov va tahlil qilish byurosini boshqargan fransiyalik ekspert Jan-Pol Troadek. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Foto: airplane-pictures.net

Foto: Foto: airplane-pictures.net

“Mavjud dalillar samolyotdagi kommunikatsiya uzatuvchisi — samolyot turgan joyi haqida ma’lumot beruvchi transponder va uning texnik tizimlari holati haqida axborot uzatuvchi Acars tizimi o‘chirib qo‘yilganligidan darak bermoqda. Bu shuni bildiradiki, samolyot rejalashtirilgan yo‘nalishdan ataylab og‘dirilgan”, — dedi u.

Shuningdek, ekspert so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimlar samolyot Malayziya nazorat xizmatlari kuzatuvidan Vyetnam xizmati nazoratiga o‘tish chog‘ida o‘chirib qo‘yilgan. “Buni faqat dispetcherlik xizmatlari faoliyatidan yaxshi xabardor bo‘lgan kishigina amalga oshirgan bo‘lishi mumkin”, — deya xulosa qildi u.

Malaysia Airlines’ning Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan samolyoti 2014-yil 8-martga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qolgan edi. Kema bortida 239 kishi bo‘lgan.