Muxolifatchi Boris Nemsov qotilligi bo‘yicha ayblanayotganlardan biri iqror bo‘luvchi ko‘rsatmalar berdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Zaur Dadayev yashirinishi yoki Kreml yonidagi otishma guvohlariga tahdid qilishi mumkin bo‘lgani uchun 28-aprelgacha hibsga olindi.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Gumonlanuvchilar jami olti kishidan iborat bo‘lgan, biroq ulardan biri Grozniyda qo‘lga olish chog‘ida o‘z granatasidan portlab ketgan.

Ikki shubhalanuvchi — Shagit Gubashev va Ramzan Baxayev ayblovni rad etib, suddan ularni hibsda saqlamaslikni so‘ramoqda.