O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Jumladan, podpolkovnik Tohir Saidovich Azimov O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari − Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Abrorjon Anvarovich Otajonov Respublika IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari − jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi dolzarb masalalar loyihasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari − Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Zafar Qodirjonovich Alimov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari − Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, mayor Istam Nurmuhammadovich Eshmamatov Transportdagi IIB Termiz temir yo‘l bekatidagi tarmoq IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Bahodir Abdullayevich Bahromov Samarqand viloyati Samarqand shahar IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Rasuljon Turdimurodovich Kenjayev Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Shuhrat Shukur-Salimovich Temurov Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Jahongir Muhammadjonovich Hasanov Farg‘ona viloyati Furqat tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, kapitan Farrux O‘ktamjonovich O‘ktamjonov Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.