Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalida efirga uzatiladigan Andrey Kondrashovning “Vatanga yo‘l” filmida Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘yicha operatsiya qanday o‘tkazilgani haqida gapirib beradi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: forbes.ru

Foto: forbes.ru

“Men Kremlga maxsus xizmatlarimiz va Mudofaa vazirligi mutaxassislarini chaqirib, Ukraina prezidentining hayotini asrab qolish vazifasini qo‘ydim, aks holda uni yo‘q qilishardi. Gapni cho‘zmaslik uchun yirik kalibrli pulemyotlar olib borib qo‘yildi. Bu 22 va 23-sanalar orasi edi, ertalabki soat 7 larda ishni tugatdik. Keyin barcha hamkasblarimga Qrimni Rossiya tarkibiga qaytarish bo‘yicha ish boshlashga majbur bo‘lganimizni aytdim”, − dedi Putin.

“Interfaks” xabariga ko‘ra, telekanalning film haqidagi anonsida u “tez orada” efirga uzatilishi ma’lum qilingan.