Harakatlanish uchun faqat quyosh energiyasidan foydalanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti 2015-yil martida tarixda birinchi dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘nadi, deya xabar bermoqda “Newskaz.ru”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Uchib ketish jarayoni Al Batin aeroportidan Sky News Arabia telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Solar Impulse 2 o‘tgan yilning aprelida taqdim etilgan, iyunida esa sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Uning qanotlari qulochi 72 metr, og‘irligi 2,3 tonnaga teng. Samolyot qanoti 17,2 mingta quyosh batareyalari bilan qoplangan. Samolyotning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.