Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Boris Nemsovning o‘ldirib ketilishiga aloqadorlikda ayblanib, Basman sudi tomonidan hibsga olingan Zaur Dadayevni “dovyurak jangchi” va “Rossiyaning asl vatanparvari” deya tavsifladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: kmv.gorodskoitelegraf.ru

Foto: kmv.gorodskoitelegraf.ru

Qodirov so‘zlariga ko‘ra, ichki qo‘shinda xizmat qilish chog‘ida Dadayev o‘z polkining eng qo‘rqmas va botir harbiy xizmatchilardan biri bo‘lgan.

“Men shunga qattiq ishonamanki, u Rossiyaga o‘ta sodiq va Vatani uchun jonidan kechishga ham tayyor edi”, — deb yozdi Qodirov o‘zining Instagram’dagi akkauntida.