Sud siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirishda gumon qilib, uch kishini hibsga olishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: Interfax

Foto: Interfax

Bunda gap Xamzat Baxayev, Tamerlan Eskerxanov va Shagit Gubashev haqida bormoqda.

Avvalroq sud Boris Nemsovni otib o‘ldirishda aloqadorligini tan olgan Zaur Dadayevni hibsga olish haqida qaror qilgan edi.

Gumonlanuvchilar jami olti kishidan iborat bo‘lgan, biroq ulardan biri Grozniyda qo‘lga olish chog‘ida o‘z granatasidan portlab ketgan.

Ikki shubhalanuvchi — Shagit Gubashev va Ramzan Baxayev ayblovni rad etib, suddan ularni hibsda saqlamaslikni so‘ramoqda.