8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida ayollarni o‘ziga xos tarzda tabriklash maqsadida turli qiziqarli aksiyalar tashkil etildi.

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Jumladan, avval xabar berilganidek, yo‘l-patrul xizmati xodimlari ayol haydovchilarni to‘xtatib, ularga bayram munosabati bilan gul sovg‘a qilishdi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

MyTaxi.uz taksi xizmati esa 8-mart kuni Toshkentning eng taniqli biznesmenlari o‘z avtomobillarida ayollarga taksi sifatida bepul xizmat ko‘rsatishini tashkillashtirdi.

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Foto: Facebook / MyTaxi.uz

Shuningdek, alohida haydovchilar ham ayollarni bepul eltib qo‘yishgan. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talaba yigitlari o‘z avtomobillarida universitet talaba qizlariga xizmat ko‘rsatgan. Bundan tashqari, CityTaxi xizmati haydovchilari ham ayollarga gul sovg‘a qilgan.

11008435_848200928559778_8801005168108356243_n

Foto: Facebook / We are WIUTerians

Foto: Facebook / “Potrebiteli.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Shuningdek, Facebook’dagi “Potrebitel.uz” va “Obshchestvenniy kontrol” guruhlarida Toshkentning qator yirik supermarketlari va savdo markazlarida bayram munosabati bilan aksiyalar o‘tkazilgani ma’lum qilingan.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Samarqand Darvoza savdo majmuasi. Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Xususan, Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida ayollar uchun jonli ijroda qo‘shiq kuylangan va gullar sovg‘a qilingan. Samarqand Darvoza savdo majmuasida ham ayol mijozlarga gullar sovg‘a qilingan. Majmuada joylashgan Home Market supermarketida ham ayollarni o‘ziga xos sovg‘alar bilan kuzatishgan. Next savdo markazida esa ayollar skripka ohanglari bilan qarshi olinib, gullar bilan kuzatib qo‘yilgan. MegaPlanet savdo markazidagi supermarketda qo‘shimcha kassalar tashkil qilinib, chiqishda ayollarga Rafaello konfetlari sovg‘a qilingan.

Next savdo markazi. Foto: Facebook / “Obshestvenniy kontrol”

Next savdo markazi. Foto: Facebook / “Obshchestvenniy kontrol”

Next savdo markazi. Foto: Facebook / “Obshestvenniy kontrol”

Next savdo markazi. Foto: Facebook / “Obshchestvenniy kontrol”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Home Market. Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Home Market. Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Arba.uz internet-do‘koni buyurtmalarga qo‘shib ayollar uchun sovg‘alarni ham yetkazib bergan. “Kapitalbank”dagi Western Union bo‘limida ayollar o‘ziga xos sovg‘alar bilan qarshi olingan. Chilonzorda esa ayollarning avtomobilini yuvib berish xizmati bepul ko‘rsatilgan.