Xorvatiya hududida topilgan dunyodagi eng qadimiy taqinchoqlar — sayqallangan burgut tirnoqlari neandertallarga tegishli bo‘lgan, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” amerikalik va xorvatiyalik olimlar tadqiqotlariga tayanib.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Yuz yildan oshiq vaqt davomida Xorvatiyaning Krapina shahri tashqarisidagi hududlarda sakkiz dona oqdum suvburgutga tegishli tirnoqlar topilib kelgan. 2013-yilda olimlar ushbu tarixiy ashyolarni puxta o‘rganib chiqqach, ularning silliqlanganligini aniqlagan.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Bundan tashqari, ularning ba’zilariga o‘yma kesim tushirilgan, bu esa, olimlar fikricha, shundan dalolat beradiki, tirnoqlar burgut panjasidan sug‘urib olingan va ipga taqilib, bilaguzuk yoki munchoq sifatida foydalanilgan.