Hozirgacha Qozog‘iston Prezidenti saylovida o‘z nomzodini ilgari surish bo‘yicha 21 kishi o‘z xohishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan sakkiz nafariga rad javobi berilgan: ikki nafariga yoshi tufayli, olti nafariga imtihondan o‘tolmagani uchun. To‘rt nafar nomzod esa imtihondan o‘tgan va ularga imzo varaqalari berilgan.

Nomzodlarning faqatgina ikki nafari siyosiy partiyalar nomidan qatnashish istagini bildirgan. Nomzodlarni ilgari surish 15-mart kuni yakunlanadi.