11-mart kuni London milliy galereyasi o‘z zallarida selfi uchun tayoqlardan foydalanishni taqiqlagani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda TJournal. Bu qarori bilan ushbu muzey dunyoning monopodlardan voz kechgan boshqa o‘nlab muzeylari qatoriga qo‘shildi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Nyu-Yorkdagi Kuper-Xyuitt milliy dizayn muzeyi, Boston san’at muzeyi, Nyu-York zamonaviy san’at muzeyi, Dallas san’at muzeyi, Metropoliten muzeyi, Avstraliyadagi eng yirik galereyalar, Amsterdamdagi Ermitaj, Versal saroyi, Pompidu markazi va boshqalar selfi-stikni taqiqlab bo‘lgan.

Muzeylar ma’muriyati selfi uchun tayoqning man etilishini eksponatlar butunligi, shuningdek boshqa kishilar sog‘lig‘i xavfsizligi bilan izohlashmoqda.