Rossiya prezidenti Davlat dumasiga Markaziy Osiyodagi yadro qurolidan xoli hudud to‘g‘risidagi bitim protokolini ratifikatsiya qilish uchun kiritdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Hujjat Dumaning elektron ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi.

Foto: rg.ru

Foto: rg.ru

“Protokol ratifikatsiyasi RFning yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlashga qo‘shgan qo‘shimcha yirik hissasi bo‘ladi”, — deyiladi tushuntirish xatida.

Bitim 2006-yil sentabrida Semipalatinskda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari tomonidan imzolangan edi.