Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) vitse-prezidenti hamda Shimoliy va Markaziy Amerika  va Karib havzasidagi mamlakatlar futbol konfederatsiyasi (CONCACAF) rahbari Jeffri Uebb fikricha, Rossiyada ayni paytda kuzatilayotgan irqchilik tufayli u yerda jahon chempionati o‘tkazib bo‘lmaydi. Bu haqda u ESPN telekanaliga intervyu berdi, deb yozadi “Vedomosti”. Uebb FIFAda irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor guruhni boshqaradi.

Foto: globalfootballtoday.com

Foto: globalfootballtoday.com

Sport amaldori aytishicha, irqchilik nuqtai nazaridan Rossiya federatsiya va jahon chempionati uchun “katta sinov bo‘lib hisoblanadi”, sport vaziri Vitaliy Mutko ham oldinda ko‘p ishlar qilinishi kerakligini tasdiqlaydi.

Uebb FIFA ushbu muammoni hal qilish uchun Rossiyada mamlakatdagi irqchilik darajasini pasaytiradigan ta’lim dasturlari joriy etilishiga erishishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda FIFA tezkor guruhi ushbu dasturlarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha Rossiya tomoni bilan hamkorlik olib bormoqda.