“Uz-Dong Von Ko.” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi ayni paytda GM Uzbekistan’ning yangi loyihasi — T-250 modeli (Chevrolet Aveo)ning ba’zi qismlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan band, deb yozadi “12news.uz”.

Foto: larevueautomobile.com

Foto: larevueautomobile.com

Ushbu qismlar chiqarish tizimi, asboblar paneli tayanchining ko‘ndalang kronshteyni, zarbga qarshi eshik to‘sinlari va bamperning zarbga qarshi to‘sinlaridan iboratdir.

Bundan tashqari, korxonada qo‘shimcha ravishda J-200 (Gentra) loyihasi bo‘yicha zarbga qarshi eshik to‘sinlarini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.