O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xoshimin shahrida Vyetnam U-23 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi, deb xabar beradi Uff.uz.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 yoshlar o‘rtasidagi OCh saralash musobaqasi oldidan Vyetnam olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 27-31-mart kunlari Bangladeshda bo‘lib o‘tadigan U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi. Baxtiyor Ashurmatov jamoasi mazkur saralash bahslarida Suriya, Hindiston hamda Bangladesh yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.