Argentinada “San-Lorenso” klubi muxlisi “Urakan” bilan milliy birinchilik musobaqasida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Championat.com”.

Foto: novayagazeta.ru

Foto: novayagazeta.ru

24 yoshli Pablo Ximenes 50 metr balandlikdagi tribunadan yiqilib, to‘rt yoshli bolakay bilan ketayotgan boshqa bir ishqiboz ustiga qulagan. Ximenes olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan, uning tagida qolgan muxlis esa kasalxonaga yetkazilgan. Bolakayga ziyon yetmagan.

Nashrning eslatishicha, “San-Lorenso” va “Urakan” beshinchi tur doirasida bahslashgan edi, unda 3:1 hisobida “San-Lorenso” g‘alaba qozongan.