2015-yilning 14-15-mart kunlari Jizzax shahridagi “Navro‘zbuloq” poygagohida avtokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va mezbon Jizzax viloyati avtosport ustalari o‘zaro kuch sinashdi.

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi 434 ochko bilan birinchi, Jizzax viloyati sportchilari 409 ochko bilan ikkinchi va qashqadaryoliklar 237 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Foto: Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Bahslar yakunida kuchli uchlikka kirgan O‘zbekiston chempionati ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, chempionatning yakuniy final bosqichi 2015-yilning dekabr oyida tashkil etiladi.