Fransiya Sport vaziri Patrik Kanner “PSJ” futbolchisi Zlatan Ibrohimovichni aytgan gaplari uchun mamlakatdan chiqarib yuborish kerakligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

Foto: theguardian.com

Foto: theguardian.com

Avvalroq, shvetsiyalik hujumchi “Bordo”ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi bo‘lib, “bu Fransiya deganlari ‘PSJ’dek jamoaga munosib emas” deb aytib o‘tgandi. Keyinroq Ibrohimovich o‘sha so‘zlarni hissiyotga berilib aytganini tan olgandi.

“Bu futbolchi OAVda rasmiy chiqish qilib, aytgani gaplarini izohlab berishi zarur. Agar Fransiyani yomon mamlakat deb hisoblaydigan bo‘lsa, uni bu mamlakatdan chiqarib yuborish kerak”, − deydi Sport vaziri Patrik Kanner.