Opel va Chevrolet Rossiya bozoridan ketishini ma’lum qildi, deb yozadi “Autonews.ru”. Bunday qaror 2014-yil oxiri va 2015-yil boshidagi nihoyatda past savdo darajasi tufayli qabul qilindi.

Foto: autonews.ru

Foto: autonews.ru

Opel Rossiyadan butunlay ketadi. Iyun oxirigacha Sankt-Peterburgdagi zavod to‘xtatiladi, Kaliningraddagi “Avtotor”da esa yig‘ish ishlari fevralda tugallanadi.

Chevrolet esa Rossiyada faqat Corvette, Tahoe va Camaro modellarini qoldiradi. Ushbu markaning qolgan avtomobillarini yig‘ish yil oxirigacha to‘xtatiladi.

AvtoVAZ bilan qo‘shma GM-Avtovaz korxonasi o‘z ishini davom ettiradi, biroq Chevrolet Niva ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni qurish loyihasi yopilgan.