GM Uzbekistan barcha avtomobillarini Rossiyaga eksport qilishda davom etadi. Bu haqda “Daryo”ning “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasidagi manbasi ma’lum qildi.

Foto: bibi.uz

Foto: bibi.uz

Avvalroq, GM konserni 2014-yil oxiri va 2015-yil boshidagi nihoyatda past savdo darajasi tufayli Opel va Chevrolet Rossiya bozoridan ketishini, Chevrolet’dan faqatgina Camaro, Corvette va Tahoe qolishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek, xabarda GM Uzbekistan zavodi o‘z ishini davom ettirishini, biroq u yerdan Chevrolet Cobalt va Chevrolet Spark avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish to‘xtatilishi aytilgan. Biroq ushbu ma’lumot rad etildi.