Amerikaning General Motors avtokonserni dilerlar omborlarida saqlanayotgan avtomobillarga chegirma aksiyalarini joriy qildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” o‘z manbalariga tayanib. Chegirmalar modelga qarab, 25 foizgacha bo‘lishi mumkin.

Foto: “Vedomosti”

Foto: “Vedomosti”

GM’ning Rossiyadagi omborlarida ayni paytda taxminan 10 mingta Opel va Chevrolet mashinalari saqlanmoqda. Avtokonsernning yana ikkita yirik dilerlarida 5 mingtadan avtomobil bor. Chegirma kampaniyasi 2014-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli bo‘ladi. Kompaniya taklifi shu yilning 1-mayiga qadar amal qiladi, biroq muddat uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Opel va Chevrolet Rossiya bozoridan ketishini ma’lum qilgan edi. Bunday qaror 2014-yil oxiri va 2015-yil boshidagi nihoyatda past savdo darajasi tufayli qabul qilindi.