Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Camaro kupesiga bog‘liq yangi tafsilotlarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”. Jumladan, yangi avtomobil avvalgisidan 200 funt (qariyb 90 kilogramm) ga yengil bo‘lishi ma’lum qilindi.

Foto: autoevolution.com

Foto: autoevolution.com

Qayd etilishicha, vazn kamayishiga asosan Zeta shassisi o‘rniga Cadillac’dan o‘zlashtirilgan yangi Alpha platformasining ishlatilishi evaziga erishilgan. Uskunlar panelini qotirishda alyuminiydan foydalanish hisobiga 4,4 kilogramm olib tashlangan. Boshqa qismlarda ham alyuminiydan foydalanish og‘irlikni jami 21 foizga kamaytirgan.

“Yangi Camaro yaxshiroq to‘xtaydi, burilishlarga tezroq kirib, tezroq chiqadi. Biz ko‘plab sportkarlarga raqobatchi bo‘lishni mo‘ljallayapmiz”, − dedi Camaro loyihasi rahbari El Oppenzayzer.