Toshkentda teskari yo‘nalishda harakatlangan Spark haydovchisi to‘g‘ri yo‘nalishdagi avtomobildan yo‘l berishni talab qildi. Bu haqda Facebook foydalanuvchilari ma’lum qildi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Keltirilgan fotosuratlarda “Rohat” aylanma yo‘li yaqinidagi faqat bir tomonlama harakat uchun mo‘ljallangan yo‘lda davlat raqami 01 P223 RA bo‘lgan Spark qarama-qarshi yo‘nalishdan kelgani, to‘g‘ri yo‘ldan kelgan avtomobil unga yo‘l bermagani uchun haydovchi chiqib buni talab qilgani va suratga olinayotganini ko‘rgach qaytib ketgani tasvirlangan.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foydalanuvchilar Spark haydovchisining ushbu harakatini keskin tanqid ostiga olgan. Shuningdek, ochiq kunda Spark’ning tumanli ob-havo uchun mo‘ljallangan chiroqlari yoqib qo‘yilgani ham qayd etilgan.