Chevrolet kompaniyasi yangi avloddagi Malibu sedanining fotosuratlarini namoyish etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”. Avvalgi versiyasidan 140 kilogrammga yengilroq bo‘ladigan modelning ilk ommaviy namoyishi Nyu-Yorkdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Vazn yengillashuvining uchdan bir qismi o‘ta chidamli po‘latdan ishlangan yangi kuzov konstruksiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, qator elementlar mustahkamligini saqlab qolgan holda ingichkalashtirilgani ham og‘irlikni kamaytirishga imkon bergan.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Qayd etilishicha, quvvat moslamalari tarkibidan 1,8 litrli benzinli dvigateldan tashqari Volt elektromotori hamda 1,5 kilovatt/soat quvvatga ega litiy-ion batareyalar to‘plami o‘rin oladi. Ularning umumiy quvvati 182 ot kuchini tashkil etadi.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Faqatgina elektromotor ishlab turganda Malibu 86 kilometr/soatgacha tezlikda harakatlana oladi, yuqori tezlikda esa benzinli dvigatel qo‘shiladi. Qo‘shma rejimda Malibu 100 kilometrga 5,2 litr benzin sarflaydi. Shuningdek, to‘xtash vaqtida yig‘iladigan energiyani saqlab olish tizimi ham qo‘llaniladi.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet yangi avloddagi Malibu avtomobillarida o‘smirlarning harakatlarini ota-onalarga yetkazib beruvchi tizim o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.